Ispan matbuotining xabar berishicha, darvozabon Joan Garsiyaning agenti - Xuanma Lopes bir kun avval "Barselona" sport direktori Deku bilan uchrashuv o'tkazgan.
Sport.es xabariga ko'ra, muzokaralarning asosiy mavzusi futbolchining yangi mavsum uchun rasmiy ro'yxatdan o'tishini rasmiylashtirish bo'lgan. Eslatib o'tamiz, "Barselona" so'nggi oylarda bir necha bor shunga o'xshash qiyinchiliklarga duch keldi - avvalroq klub uzoq vaqt davomida yarimhimoyachi Dani Olmoni ro'yxatdan o'tkaza olmay, uning jamoada qolishini xavf ostiga qo'ygandi.
Joan Garsiya iyun oyida "Espanol"dan 25 mln evro evaziga "ko'k-anorranglilar" futbolchisiga aylangandi. 2024/25 yilgi mavsumda 24 yoshli darvozabon Ispaniya chempionatida 38 ta o'yin o'tkazib, ulardan sakkiztasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.