"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen klub rahbariyati talabi bilan sardorlik bog'ichidan mahrum bo'ladi, deya xabar bermoqda 3Cat.
Manbaga ko'ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flikka 33 yoshli nemisga nisbatan intizomiy chora sifatida yangi sardorni aniqlash kerakligi aytilgan.
Darvozabon La Liga tibbiy komissiyasi uchun jarohat to'g'risidagi hisobotni imzolashdan bosh tortdi. Klub reglamentdagi banddan foydalangan holda yangi o'yinchini ro'yxatdan o'tkazmoqchi edi, ammo buning uchun futbolchi tiklanishi uchun kamida 4 oy vaqt ketishini tasdiqlovchi hujjat kerak bo'ladi.
Ter Shtegen "Barselona" safida 2014 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. 2024/25 yilgi mavsumda u "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol o'tkazib yuborgan va 1 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.