"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real Ovedo"ga qarshi o'yinda jarohat olgan Rafinya Diasning holatiga baho berdi.
Braziliyalik futbolchi jarohat olganlikda gumon qilinib, 65-daqiqada zaxiraga olindi. Uning o'rniga maydonga tushgan Robert Levandovski tez orada darvozani ishg'ol qilib, "ko'k-anorranglilar"ni hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1. Uchrashuv 3:1 hisobida kataloniyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yin tugagach, jurnalistlar Flikdan Rafinyaning jarohati haqida so'rashdi.
"O'ylashimcha, u bilan hammasi joyida, ammo biz aniq holatni bilish uchun tekshiruv natijalarini kutishimiz kerak," - deya nemis murabbiyining javobini keltiradi The Touchline.
Yakshanba kuni "Barsa" La Liganing navbatdagi tur uchrashuvini o'tkazadi - raqib "Real Sosedad".