"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya "Real Ovedo"ga qarshi o'yinda (3:1) golli xatoga yo'l qo'ydi. Uchrashuvning 33-daqiqasida uzoq masofadan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilgan Alberto Reynaga to'pni darvozabon sovg'a qildi. Ikkinchi bo'limda kataloniyaliklar uchta gol urib, vaziyatni o'nglashdi va irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.
- Garsiyaning xatosi? Biz uning shunday uslubda o'ynashini istaymiz. Ba'zan shunday bo'lishi mumkin. Joan - fantastik darvozabon, u mudofaa chizig'imizni sug'urta qiladi. Odatda, u bu vazifani a'lo darajada uddalaydi, ammo bugun xato qildi - raqib darhol jazoladi. Futbol shunaqa. Eng muhimi - biz javob gollarini urdik va g'alaba qozondik," - deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Joan Garsiya "Barselona"ga yozda "Espanol"dan ko'chib o'tgan edi.