
Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi safida keyingi o'yinlarda maydonga tushmaydi.
"Barselona" vingeri Lamin Yamal jarohati sabab Ispaniya terma jamoasining JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Gruziya va Turkiyaga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Dastlab futbolchi Ispaniya terma jamoasi tarkibida bo'lishi aytilgandi.
"Ispaniya terma jamoasining tibbiy shtabi 10 noyabr, dushanba kuni soat 13:47 da, milliy terma jamoa bilan rasmiy yig'in boshlangan kuni, futbolchi Lamin Yamal o'sha kuni ertalab chov sohasidagi noqulaylikni davolash uchun invaziv radiochastota muolajasini o'tkazganidan hayratda va xavotirda.
Ushbu amaliyot terma jamoa tibbiy xodimlarini oldindan xabardor qilmasdan amalga oshirildi. Tafsilotlar faqat kecha kechqurun soat 22:40 da olingan hisobotdan ma'lum bo'ldi, unda 7-10 kun davomida dam olish uchun tibbiy tavsiya mavjud edi.
Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib va har doim futbolchining sog'lig'i, xavfsizligi va farovonligini birinchi o'ringa qo'yib, futbolchini tarkibdan chiqarib yuborishga qaror qilindi.
Biz uning muvaffaqiyatli sog'ayib ketishiga ishonamiz va tez orada to'liq sog'ayib ketishini tilaymiz", - deyiladi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi bayonotida.
Yamal joriy mavsum La Ligada 8 ta o'yinda 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O'qildi: 56880 - Fikirlar: 0





401