
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o'zining fikricha etarlicha baholanmagan futbolchilar kimlar ekanligini ma'lum qildi.
«Kam baholangan futbolchilarmi? Jerar Martin. Shuningdek, Tomas Myuller ham o'z vaqtida etarlicha baholanmagan deb o'ylayman. Yana «PSJ»dan Fabian Ruisni ayta olaman.
Koul Palmer deysizmi? Yo'q, u kam baholangan futbolchilar sirasiga kirmaydi. U «Chelsi»da 10-raqamda to'p suradi va «Oltin to'p» so'rovnomasida to'qqizinchi o'rinni egalladi. Qanday qilib uni kam baholangan deb atash mumkin?» — deya Yamalning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Hozirda Lamin Yamal jarohatdan tiklanish jarayonining yakuniy bosqichida turibdi. 18 yoshli futbolchi Jahon chempionati doirasida bo'lib o'tadigan Ispaniya terma jamoasining Kabo-Verdega qarshi dastlabki o'yiniga (15 iyun) tayyor bo'lishi kutilmoqda.
O'qildi: 59088 - Fikirlar: 0
558