
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Vilyarreal" ustidan qozonilgan g'alabada (4:1) xet-trik qayd etgan vinger Lamin Yamal haqida gapirdi. 18 yoshli futbolchi uchrashuvning 28, 37 va 69-daqiqalarida gol urdi. Bu uning faoliyatidagi ilk xet-trik bo'ldi.
"Laminning qaytishi biz uchun muhim edi. Ushbu uchta gol unga ishonchini qayta tiklashga yordam beradi. Lekin men uning himoyadagi o'yinini ham alohida ta'kidlamoqchiman — u faol pressing qildi. Yamal bunday futbol namoyish etganda, uni tomosha qilish juda yoqimli. Seshanba kuni ham undan shunday darajadagi o'yin kutib qolamiz", — deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
3 mart kuni Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida "Barselona" va "Atletiko" o'rtasidagi javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Birinchi o'yinda kataloniyaliklar yirik hisobda (0:4) mag'lub bo'lishgan edi.
O'qildi: 130489 - Fikirlar: 0





261