
Ispaniya Kubogining birinchi yarim finalida "Barselona" "Atletiko"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Endi Xans-Diter Flik jamoasi oldida murakkab vazifa turibdi — o'z maydonida vaziyatni o'nglash lozim. "Ko'k-anorranglilar" vingeri Lamin Yamal javob o'yini oldidan muxlislarga yuzlandi.
"Hozir mavsumning eng jiddiy pallasi boshlanmoqda. La Liga, Ispaniya Kubogi va Chempionlar ligasining hal qiluvchi qismi keldi. Muxlislarimizdan seshanba kuni stadionga kelishlarini so'ragan bo'lardim — "Atletiko"ga qarshi javob bahsida mo''jiza sodir bo'lishi mumkin", — dedi Yamal "Vilyarreal" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag'lub etgan va Lamin Yamal ushbu o'yinda xet-trik qayd etgan edi.
O'qildi: 130381 - Fikirlar: 0





257