
Lamin Yamal shanba kuni faoliyatidagi ilk xet-trikni qayd etdi. 18 yoshli vinger "Vilyarreal" darvozasiga uch bor yo'l topdi va "Barselona" 4:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan so'ng Yamal endilikda pubalgiyadan (qovuq sohasidagi og'riqlar) aziyat chekmayotganini ma'lum qildi — futbolchi ma'lum vaqt davomida shu sohadagi muammolar bilan o'ynab kelgan edi.
"Men pubalgiya tufayli yuzaga kelayotgan noqulaylikni his qilishni butunlay to'xtatdim. Bir necha oy davomida maydonda menga qiyin bo'ldi. O'zimni eng yaxshi holatda his qilmayotgandim. Gap faqat pubalgiyada emas edi. Men baxtli emasdim. Hozir esa yana futboldan zavq olmoqdaman", — deya Yamalning so'zlarini keltiradi "The Touchline".
"Barselona" navbatdagi o'yinini 3 mart kuni Ispaniya Kubogi doirasida "Kamp Nou"da "Atletiko"ga qarshi o'tkazadi.
O'qildi: 130553 - Fikirlar: 0





262