
"Barselona" yarim himoyachisi Daniel Olmo Ispaniya Kubogi yarim finalining birinchi o'yinidagi (0:4) mag'lubiyatdan so'ng, javob bahsida vaziyatni o'nglash imkoniyatlari haqida gapirdi. Shuningdek, u La Liganing 26-turida "Vilyarreal" ustidan qozonilgan yirik g'alaba (4:1) haqida ham to'xtaldi.
"Biz "Atletiko" bilan o'yinda revansh olish uchun umid va motivatsiyaga to'lamiz. Ajoyib muhit kutyapmiz, chunki "Kamp Nou"da tarixiy kambeklar amalga oshirilgani allaqachon isbotlangan. Menimcha, seshanba kuni buni uddalay olamiz. Statistika o'z so'zini aytmoqda. Biz g'alaba qozonish uchun iloji boricha ko'p gol urishni va o'z darvozamizdan to'p olib chiqmaslikni istaymiz.
Fermin bilan munosabatlarim yaxshi, u bilan maydonda tushunish menga qulay. Pedri yo'qligi sababli bu safar ko'proq birga o'ynashimizga to'g'ri keldi. Birinchi gol yaxshi pressing evaziga urildi; bu bizning o'ziga xos uslubimiz. Lamin uchun, uning uchta goli uchun xursandmiz. U nima qilish kerakligini biladi. Uning imkoniyatlari chegarasiz va biz unga yordam berishni istaymiz", — deya Olmoning so'zlarini keltiradi Movistar.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Kubogining amaldagi g'olibi "Barselona" hisoblanadi. O'tgan yilgi finalda jamoa Madridning "Real" klubini qo'shimcha vaqtda 3:2 hisobida mag'lub etgan edi.
O'qildi: 130421 - Fikirlar: 0





254