
Yarim himoyachi Gavi yakshanba kuni o'tgan yilning avgust oyidan beri ilk bor «Barselona» safida maydonga tushdi. Futbolchi tizzasidagi muammo tufayli o'tkazilgan operatsiyadan so'ng uzoq vaqt tiklanish jarayonini boshdan kechirdi. Uning qaytishi borasida «ko'k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Bu Gavi uchun yaxshi qadam bo'ldi. U yana safimizda ekanligidan xursandmiz, bu tibbiy shtabimizning muvaffaqiyatidir. U chorshanba kuni o'ynay oladimi yoki yo'q, bilmayman, lekin mavsumning qolgan qismida bizga albatta yordam beradi. U juda texnik futbolchi va biz undan mamnunmiz», — dedi Flik jurnalistlarga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni «Barselona» o'z maydonida «Sevilya»ni 5:2 hisobida mag'lub etdi. Chorshanba kuni kataloniyaliklar yana o'z stadionlarida — Chempionlar ligasi doirasida «Nyukasl»ga qarshi bahs olib borishadi.





329