
«Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoasining joriy yilgi Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Kataloniyaliklar chorak finalga yo'l olishgan va u erda Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. «Matraschilar» bilan o'yinlar 8 va 14 aprel kunlari bo'lib o'tadi.
«Favoritlar yo'q. Hozirda biz La Ligada bo'lgani kabi Chempionlar ligasida ham yaxshi ishtirok etyapmiz. Da'vogarlar juda ko'p, lekin umid qilamanki, yakunda «Barselona» g'olib chiqadi», — deya Ferminning so'zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.
Eng nufuzli evrokubokning o'tgan mavsumida «ko'k-anorranglilar» yarim finalgacha etib borishgan va ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:7 hisobida Milanning «Inter» jamoasiga imkoniyatni boy berishgan edi.





375