
«Barselona» klubi «Osasuna» vingeri Viktor Munosning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.
Futbolchi o'tgan yilning yozida 5 million evro evaziga Madridning «Real» klubidan Pamplona jamoasiga o'tgan edi. Diario Sport nashrining ta'kidlashicha, «qirollik klubi» futbolchining keyingi sotuvidan 50 foiz ulushni, shuningdek, yaqin uch yil ichida uni mos ravishda 8, 9 va 10 million evroga qayta sotib olish imtiyozini o'zida saqlab qolgan.
Bundan tashqari, 22 yoshli futbolchining shartnomasidagi tovon puli 40 million evroni tashkil qiladi, bu esa kataloniyaliklar uchun moliyaviy jihatdan muammo tug'dirishi mumkin.
Qayd etish joizki, Viktor 2014 yildan 2017 yilgacha «Barselona» akademiyasida shug'ullangan, 2021 yildan 2025 yilgacha esa «Madrid» tizimida bo'lgan. Joriy mavsumda Munos La Liganing 29 ta o'yinida maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.





374