
«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares «Barselona»ning joriy mavsumdagi ishtiroki haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Yaqinda Xans-Diter Flik jamoasi javob uchrashuvida «Nyukasl»ni 7:2 hisobida mag'lub etib, Chempionlar ligasining 1/4 finaliga yo'l oldi. La Ligada esa «ko'k-anorranglilar» 29-turdan so'ng Madridning «Real» klubini to'rt ochkoga ortda qoldirib, birinchi o'rinni egallab turibdi.
«Barselona» juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. «Nyukasl» ustidan qozonilgan g'alaba jamoa ruhiyatini ko'tarish uchun jiddiy turtki bo'ldi. Hozirgi vaqtda jamoa ham chempionatda, ham Chempionlar ligasida ajoyib ko'rinmoqda», — deya Suaresning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Urugvaylik futbolchi 2014 yildan 2020 yilgacha Kataloniya grandi sharafini himoya qilgan.
Chempionlar ligasining chorak finalida «Barsa» Suares to'p surishga ulgurgan yana bir jamoa — «Atletiko» bilan to'qnash keladi.





396