
Madridda qozonilgan 2:1 hisobidagi g'alaba «Barselona»ga «Atletiko» to'sig'idan o'tish uchun kamlik qildi. «Kamp Nou»da o'tgan dastlabki o'yindagi 2:0 hisobidagi g'alaba evaziga «matraschilar» ikki o'yin natijasiga ko'ra (3:2) zafar quchishdi.
UEFA qayd etishicha, shu tariqa kataloniyaliklarning evrokuboklardagi omadsiz seriyasi davom etdi: «Barsa» o'z maydonida o'tgan dastlabki uchrashuvda mag'lub bo'lgan barcha ettita holatning birortasida ham keyingi bosqichga chiqa olmagan.
Bugun bo'lib o'tadigan Londonning «Arsenal» va Lissabonning «Sporting» jamoalari o'rtasidagi bahsda «Atletiko»ning yarim finaldagi raqibi aniqlanadi. O'tgan haftada «to'pchilar» Portugaliyada so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga minimal hisobda g'alaba qozonishgan edi.





298