
1998 yil jahon chempioni, Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kristof Dyugarri «Barselona» qanot hujumchisi Lamin Yamalni Chempionlar ligasi 1/4 finali javob uchrashuvidan so'ng tanqid qildi. Ushbu bahsda kataloniyaliklar Madridning «Atletiko»siga qarshi (2:1) g'alaba qozongan bo'lsa-da, ikki o'yin natijasiga ko'ra musobaqani tark etdi.«Yamalda juda katta ego bor. Aniqki, u iqtidorli… Kechagi o'yinda u 4-daqiqada hisobni ochdi, lekin keyin nima qildi? U “Oltin to'p” sohibi kabi ko'rinmaydi, Dembele ham gol urgan bo'lardi!Agar sen shunchalik jasur bo'lsang, jamoangni keyingi bosqichga olib chiq. Birinchi o'yinda hech narsa qilmading, javob bahsida ham jamoangni olib chiqolmading. Shuning uchun bunday kibrli bo'lishni to'xtat», — deya Dyugarri so'zlarini Football365 keltiradi.Joriy mavsumda Yamal klub safida barcha turnirlarda 44 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.





391