
«Palmeyras» klubining 16 yoshli futbolchisi Eduardo Konseysao «Barselona» e'tiboriga tushdi.
Kataloniya grandi hujum qanotlarida va hujumchi ortida o'ynashga qodir bo'lgan yosh braziliyalikning vakillari bilan allaqachon bog'langan, deb xabar bermoqda jurnalist Xoakim Pera.
Istiqbolli futbolchi 18 yoshga to'ladigan 2028 yilning yanvar oyidagina Evropaga ko'chib o'tishi mumkin bo'ladi. Eduardo Konseysao hozirda «Palmeyras»ning yoshlar tarkibida o'ynamoqda, asosiy jamoada esa hali debyut qilgani yo'q. Shuningdek, umidli vinger Braziliyaning 17 yoshgacha bo'lgan terma jamoasiga jalb etilgan bo'lib, uning libosida o'tkazilgan to'rtta o'yinda ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Yosh yulduzning amaldagi shartnomasi 2028 yil yakuniga qadar mo'ljallangan.
O'qildi: 149578 - Fikirlar: 0





386