
«Atletiko» Madrid rahbariyati «Barselona» da'vogarlik qilayotgan hujumchi Xulian Alvaresni jamoada olib qola olishlariga ishonishmoqda. «Matraschilar» mavsum yakunlanishi bilan argentinalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirib qo'ygan.
Jurnalistlar Matteo Moretto va Reshad Rahmanning ma'lumotlariga ko'ra, Alvaresning o'zi «Barsa»ga qo'yib yuborishlarini so'rash ehtimoli juda past. Agar shunday holat yuz bersa ham, Madrid klubi hujumchi uchun taxminan 100-110 million evro talab qiladi.
Xulian Alvares joriy mavsumda Diego Simeone jamoasi safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli futbolchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
O'qildi: 50900 - Fikirlar: 0





428