Himoyachi Joau Kanselu kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu mavsumda portugaliyalik futbolchi "Barselona"da ijara asosida o'ynamoqda. Shu bilan birga, Kanseluning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
"Men kelajak haqida hozircha hech narsani bilmayman, lekin shu erda qolishni istardim. Men Ronaldino o'ynagan "Barselona"ni tomosha qilib katta bo'lganman. U mening kumirim. Men bu libosni kiyganimdan faxrlanaman" - dedi Kanselu La Gazzetta dello Sport nashriga.
2023/2024 yilgi mavsumda Joau Kanselu "Barselona"ning 31 ta rasmiy uchrashuvida ishtirok etgan. Ularda futbolchi uchta gol urdi va sheriklariga to'rtta samarali uzatmani amalga oshirdi.
"Barselona" navbatdagi o'yinini 12 mart kuni - Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Napoli"ga qarshi o'tkazadi.
11-Mart 2024,21:00