«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe "France Football" jurnaliga bergan intervyusida o'tgan mavsumda «Barselona» sardori Lionel Messi bilan qay tarzda «Oltin butsa» uchun kurash olib borgani haqida fikr bildirdi.Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Messi La ligada 36ta gol urgan bo'lsa, Mbappe Frantsiya chempionatida 33ta gol bilan "Oltin butsa" uchun kurashda 2-o'rinni olgandi.«O'tgan mavsumda ko'proq gol urishga harakat qildim. Yakunda esa Evropaning eng yaxshi to'purari sovrini uchun kurashishim mumkinligini tushungandim. Lekin "Oltin butsa" uchun kurashda Messi bor edi.Men ikkita gol uraman, u esa 3ta uradi, men uchta ursam, u 4ta uradi. Bu shunchalar g'aroyib bo'lgan ediki, men buni Usmon Dembele bilan muhokama qilgan edim. Men unga: "Messi ataylab shunday qilyaptimi? U mening nechta gol urishimni kuzatib boryaptimi?», deya so'radim. U esa: «Albatta, Messi seni kuzatyapti!», deya javob bergan edi. O'shanda men o'zimga o'zim: «O'-o'-o', meni Messi kuzatyapti...», degan edim. Bunday o'yinchi menga nisbatan beparvo emasligini ko'rish yoqimli», – dedi Mbappe.Ma'lumot o'rnida. Messi – 6 karra «Oltin butsa» (2010, 2012, 2013, 2017, 2018, 2019) sovrini sohibi hisoblanadi.
24-Dekabr 2019,08:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0