
«Barselona» yarim himoyachisi Gavi Madridning «Real» klubiga qarshi o'yin oldidan jamoadagi kayfiyat haqida gapirib berdi. La Liga chempionligini muddatidan oldin qo'lga kiritish uchun «ko'k-anorranglilar»ga durang ham kifoya qiladi, biroq ispaniyalik xavbekning so'zlariga ko'ra, jamoa uchun g'alaba qozonish juda muhim.
«El-Klasiko» oldidan kuchli hayajon va bosim seziladi. Jamoamizda «La Masiya»ning ko'plab tarbiyalanuvchilari bor, ular barcha darajalarda «Real»ga qarshi son-sanoqsiz o'yinlarda ishtirok etishgan. Bu printsipial bahs va biz uni intiqlik bilan kutyapmiz. Ularni mag'lub etib, chempionlikni naqd qilishga sabrsizlik bilan intilyapmiz. Vazifamiz — 100 ochko to'plash. Bu tarixiy voqea bo'ladi», — deya «Barca Universal» Gavining so'zlarini keltirdi.
«Barselona» uchun uy uchrashuvi hisoblangan «Real»ga qarshi bahs yakshanba kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (Dushanbaga o'tar kechasi) boshlanadi.
O'qildi: 60552 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51134 - Fikirlar: 0





361