
Madridning «Real» klubi urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverdening sog'lig'i haqida rasmiy bayonot berdi.«Klub tibbiy xizmati tomonidan o'tkazilgan tekshiruv natijalariga ko'ra, futbolchimiz Fede Valverdeda bosh-miya jarohati aniqlandi.Valverde hozirda uyida bo'lib, ahvoli yaxshi. Ushbu tashxis bo'yicha tibbiy protokollarga muvofiq, u 10–14 kun davomida dam olishi kerak bo'ladi», — deyiladi «qaymoqranglilar» bayonotida.Shu tariqa, Valverde La Liga doirasida «Barselona»ga qarshi bo'lib o'tadigan safar uchrashuvini o'tkazib yuboradi. "El-klasiko" 10 maydan 11 mayga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.Avvalroq Federiko Valverde jamoadoshi Orelen Chuameni bilan janjallashib qolgani, keyinchalik bu mojaro kiyinish xonasidagi jiddiy to'qnashuvga aylangani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O'qildi: 60562 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51139 - Fikirlar: 0





410