
Transfermarkt statistik portali dunyoning eng kuchli 25 ta ligasi doirasida o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga eng ko'p o'yin amaliyoti berayotgan klublar ro'yxatini tuzib chiqdi.
Reyting natijalariga ko'ra, Ispaniyaning «Atletik Bilbao» klubi bu borada yaqqol peshqadamga aylandi. Klub akademiyasidan etishib chiqqan futbolchilar joriy mavsumda maydonda jami 41 507 daqiqa harakat qilishgan.
Kuchli uchlikdan yana ikkita La Liga vakili joy oldi: ikkinchi o'rinni «Barselona» (27 127 daqiqa), uchinchi pog'onani esa «Selta» (25 154 daqiqa) band etdi.
Shuningdek, birinchi o'nlikdan «AZ Alkmar» (Niderlandiya), «Frayburg» (Germaniya), «Real Sosedad» (Ispaniya), «Genk» (Belgiya), «Ayaks» (Niderlandiya), «Bryugge» (Belgiya) va «Malaga» (Ispaniya) klublari o'rin olgan.
E'tiborli jihati, Madridning «Real» klubi o'z tarbiyalanuvchilariga 14 175 daqiqa imkoniyat berib, reytingda 15-o'rinni egallab turibdi.
O'qildi: 60565 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51141 - Fikirlar: 0





357