
Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Predrag Miyatovich Joze Mourinyuning yana Madridga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq OAVda ayni damda «Benfika»ni boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» ustoziga aylanishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«U — kuchli xarakterga ega inson. Jamoa mana ikki yildirki hech narsa yuta olmayapti, shuning uchun unga «qattiq qo'l» bilan ishlaydigan kimdir kerak. Madridliklarga futbolchilar tomonidan maksimal darajada hurmat qilinadigan murabbiy zarur», — deya ekspertning so'zlarini keltirmoqda Cadena SER.
Eslatib o'tamiz, ayni damda Alvaro Arbeloa boshchiligidagi Madrid jamoasi Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan 11 ochkoga ortda qolmoqda.
O'qildi: 60569 - Fikirlar: 0





433