
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Kataloniya klubi bilan shartnomani uzaytirish haqidagi savolga javob berdi.
Avvalroq, germaniyalik mutaxassis kelishuvni 2028 yilgacha, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan yangilashi haqida xabar berilgan edi.
«Biz bu haqda e'lon qildikmi? Men juda baxtliman va erishilgan natijalar menga yana bir yoki ikki yil davom etish uchun ishonch bag'ishlamoqda. Ko'pchilik murabbiylar uch yoki to'rt yil ishlashdan xursand bo'lishardi, lekin menimcha, «Barselona»da bu muddatni chegaralab qo'ygan ma'qul. Ayni damda mening shartnomam 2028 yilgacha mo'ljallangan va agar hammasi yaxshi bo'lsa, uni uzaytiramiz. Bu har ikki tomon uchun ham manfaatli kelishuv bo'ldi.
Men to'g'ri joyda ekanligimni tushunib etdim. Maksimal darajaga intilish va yangi sovrinlarni qo'lga kiritish — bizning majburiyatimizdir. Hammada Chempionlar ligasida g'olib chiqish orzusi bor. Biz uni qo'lga kiritishga harakat qildik va bu harakatni davom ettiramiz. Menga bildirilgan ishonch va ishimni davom ettirish imkoniyati uchun minnatdorman», — dedi Flik.
O'qildi: 147238 - Fikirlar: 0





363