
Xans-Diter Flik boshchiligidagi «Barselona» La Liganing 36-turida kutilmagan natija qayd etdi. Muddatidan oldin chempionlikni naqd qilgan kataloniyaliklar mehmonda «Alaves»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ushbu bahs «ko'k-anorranglilar» uchun nafaqat mag'lubiyat, balki uzoq davom etgan rekord seriyaning to'xtashi bilan ham tarixda qoldi. Jamoa chempionat doirasida qatorasiga 55 ta o'yindan beri maydonni golsiz tark etmayotgan edi. Oxirgi marta «Barselona» 2024 yilning dekabr oyida raqib darvozasini ishg'ol qila olmagandi.
Amaldagi chempionlar mutlaq rekordni yangilay olishmadi. La Liga tarixidagi eng uzoq golli seriya hamon Xosep Gvardiola va Tito Vilanova davridagi «Barsa»ga tegishli bo'lib qolmoqda. O'shanda jamoa 2012 yil boshidan 2013 yil kuzigacha ketma-ket 64 o'yinda gol urishni uddalagan.
Ma'lumot uchun, «Alaves» bilan bahs kataloniyaliklar uchun turnir jadvali jihatidan ahamiyatsiz edi, chunki jamoa o'tgan turdayoq chempionlikni qo'lga kiritib bo'lgan.
O'qildi: 147249 - Fikirlar: 0





518