
Polshalik hujumchi Robert Levandovski «Barselona»dan ketishini rasman ma'lum qildi.37 yoshli futbolchi Kataloniya klubida to'rt mavsum harakat qildi. Shu vaqt davomida u 191 ta uchrashuvda maydonga tushib, 119 ta gol urdi.Levandovski «Barselona» bilan birga:— 3 marta Ispaniya chempioni,— Ispaniya Kubogi sohibi,— 3 karra Ispaniya Superkubogi g'olibi bo'ldi.Futbolchi o'z qarori haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.“Sinovlar va og'ir mehnatga to'la to'rt yildan keyin oldinga harakat qilish vaqti keldi. Men o'z vazifamni bajardim degan his bilan ketyapman.Muxlislardan ilk kunlardanoq olgan mehrimni hech qachon unutmayman. Kataloniya — mening erdagi uyim. Bu ajoyib to'rt yil davomida uchratgan barcha insonlarga rahmat”, — deb yozdi Levandovski.Shuningdek, hujumchi klub prezidenti Joan Laportaga ham alohida minnatdorlik bildirib, unga «Barselona»ning bir qismi bo'lish imkoniyatini bergani uchun tashakkur aytdi.
O'qildi: 147261 - Fikirlar: 0





491