
Ispaniya La Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining 37-turidan o'rin olgan «Barselona» hamda «Betis» o'rtasidagi uchrashuv «Spotifay Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tdi. Unda kataloniyaliklar 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Uchrashuvning 28-daqiqasida braziliyalik vinger Rafinya hisobni ochdi. 62-daqiqada esa u dubl muallifiga aylandi. 69-daqiqada «Betis» yarim himoyachisi Isko penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi. 74-daqiqada himoyachi Joau Kanselu kataloniyaliklarning ustunligini yana ikkita golga etkazdi.«Barselona» muddatidan avval Ispaniya chempionligini rasmiylashtirib bo'lgan. Jamoa 37 ta uchrashuvda 94 ochko to'pladi. «Betis» esa 57 ochko bilan 5-pog'onada bormoqda va UEFA Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashmoqda.Ispaniya — La Liga. 37-tur2026 yil 17 may, yakshanba. 22:15«Barselona» — «Betis» 3:1Gollar: Rafinya 28, 62 — Isko 69 (penalti), Joau Kanselu 74.





642