
Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya La Ligasi tarixida mavsum davomida o'z maydonidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozongan ilk jamoaga aylandi. 2025/2026 yilgi mavsumning so'nggi uy o'yinida, 37-tur doirasida «ko'k-anorranglilar» «Betis»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Jamoalar Barselona shahridagi «Spotifay Kamp Nou» stadionida maydonga tushishdi. Bunga qadar Ispaniya La Ligasida hech bir jamoa mavsumni uy uchrashuvlarida ochko yo'qotmasdan yakunlamagan edi.«Barselona» 2025/2026 yilgi La Liga mavsumida jami bir durang va beshta mag'lubiyat qayd etgan. Ularning barchasi safar o'yinlariga to'g'ri kelgan.Ispaniya — La Liga. 37-tur2026 yil 17 may, yakshanba. 22:15«Barselona» — «Betis» 3:1Gollar: Rafinya 28, 62; Joau Kanselu 74 — Isko 69 (penalti)





638