
«Barselona»ning hujum chizig'i hali ham dahshatli bo'lib qolmoqda, biroq Xans-Diter Flik boshqaruvidagi debyut mavsumidagidek emas. «Ko'k-anorranglilar» o'tgan mavsumni barcha turnirlarda 174 ta gol bilan yakunlagan edi, joriy mavsumda esa ularning hisobida 143 ta gol mavjud, deya xabar bermoqda Barca Universal nashri.
Kataloniyaliklarning oldinda yana bitta uchrashuvi bor — La Liganing so'nggi turida jamoa «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi. Ammo o'tgan yilgi natijaga yaqinlashishning imkoni yo'qligi kundek ravshan. Flikning o'zi hujumdagi sermahsullik o'tgan mavsumga nisbatan pasayganini tan olgan holda, jamoaning himoyadagi o'sishini alohida ta'kidlab o'tdi.
Eslatib o'tamiz, «Barsa» Ispaniya chempionatida ishonchli tarzda g'olib chiqdi, shuningdek, o'z sovrinlari kollektsiyasini mamlakat Superkubogi bilan boyitdi.





369