Frenki ketadimi?

«Barselona»ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong shu yozda faoliyatini boshqa klubda davom ettirish variantlarini ko'rib chiqish-chiqmasligi haqidagi savolga javob berdi. Xavbek 2019 yilning yozidan buyon «ko'k-anorranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda de Yong klub miqyosida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Men shu yozda «Barsa»dan ketmayman. Hatto xayolimga ham bunday fikr kelmagan», — deya de Yongning so'zlarini keltirmoqda X ijtimoiy tarmog'idagi The Touchline nashri.
Frenkining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 45 million evroga baholamoqda.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (37972/+16)
UzFIFA Yangiliklari (21.05.2026)
Futbol TV Yangiliklari (21.05.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1865 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
16-May
19:00
20-May
18:50
19-May
01:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





360