
Londonning «Chelsi» klubi markaziy himoyachisi Levi Kolvill Evropa grandlari e'tiborini tortmoqda. 23 yoshli futbolchining xorij chempionatiga ketishi haqidagi xabarlar tobora ko'paymoqda. Vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan «Barselona» va Madridning «Real» klublari asosiy da'vogarlar sifatida tilga olinmoqda.
Marca bergan ma'lumotlarga ko'ra, London klubida ishlarning bunday tus olishidan jiddiy xavotirdalar va o'z tarbiyalanuvchisini yo'qotib qo'yishdan qo'rqishmoqda. Transfermarkt bahosiga ko'ra, Levi Kolvillning narxi 50 mln evroni tashkil etadi.
Futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda ingliz futbolchisi «ko'klar» safida bor-yo'g'i uchta o'yin o'tkazdi. U yaqindagina og'ir jarohatdan sog'ayib safga qaytdi.





480