
Hujumchi Xulian Alvares kelajagi borasida bir qarorga keldi. Marca nashri xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi «Atletiko» bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas, vaholanki bu kelishuv uni jamoaning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisiga aylantirishi mumkin edi.
Alvaresning maqsadi — «Barselona»ga o'tish. Futbolchini «Atletiko»da asosiy yulduz bo'lib qolishdan ko'ra, «ko'k-anorranglilar» safida Lamin Yamal, Rafinya va boshqalarga sherik bo'lish fikri ko'proq o'ziga jalb qilmoqda. Xulian «Atletiko» taklif qilayotgan loyihadan ko'ra ambitsiyaliroq loyihaga qo'shilishni istaydi. Alvares «Barselona» bilan sovrinlar yutish imkoniyati yuqoriroq deb hisoblamoqda.
Shunga qaramay, Alvaresning «Atletiko»dan «Barselona»ga ehtimoliy transferi oson kechmaydi. Madrid klubi hujumchi uchun kamida 150 million evro talab qiladi. «Matraschilar» kataloniyaliklarning bunday summani to'lashga qurbi etishiga ishonishmayapti. Aynan shu omil «Atletiko»ga 26 yoshli forvardni jamoada saqlab qolish imkonini berishi mumkin.
O'qildi: 65677 - Fikirlar: 0





405