
Hozirda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida to'p tepayotgan «Barselona»ning sobiq futbolchisi Inigo Martines o'z intervyusida sobiq jamoasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Tajribali ispaniyalik himoyachi o'tgan yozda kataloniyaliklar safini tark etgan bo'lsa-da, «ko'k-anorranglilar» hayotini kuzatishda davom etmoqda.
«Men Pedri va Kubarsini «Barselona» kiyinish xonasida etakchi sifatida ko'rishni istardim. Pedri hozirning o'zidayoq katta hurmatga ega, biroq men himoyachilar orasida ham shunday figurani ko'rishni xohlayman — bunday o'yinchi mudofaani tashkil qilishni bilishi kerak. Menimcha, Kubarsi bu mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir», — deya Martinesning so'zlarini keltirdi Barca Universal.
Yakunlangan mavsumda Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa La Liga va Ispaniya Superkubogida g'olib chiqdi.
471