
"Real Madrid" va "Barselona" akademiyalari ikki istiqbolli "Deportivo" bitiruvchisi bilan mustahkamlanishi mumkin.
Madrid klubi Raul Lema bilan shartnoma imzolashga yaqin, kataloniyaliklar esa Gael Seyxoni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
Ikkala futbolchi ham "Deportivo" akademiyasining eng iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblanadi va Ispaniya yoshlar terma jamoalarida o'ynaydi.
2010 yilda tug'ilgan Lema chap qanot yarim himoyachisi sifatida o'ynaydi. Yoshiga qaramay, u allaqachon "Deportivo" safida o'smirlar divizionida (División de Honor Juvenil) debyut qilgan. Ispaniya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, u shu yozda "Real Madrid" akademiyasiga qo'shiladi va oilasi bilan Madridga ko'chib o'tadi.
2011 yilda tug'ilgan Seyxo markaziy himoyada ham, himoya yarim himoyasida ham o'ynashga qodir. "Barselona"dan tashqari, unga "Real Madrid" va "Atletiko Madrid" ham qiziqish bildirimoqda.
"Deportivo" akademiyasi rahbariyati ikkala futbolchini ham saqlab qolishga harakat qildi. Xususan, klub Lemaga yangi shartlar taklif qildi, ammo tomonlar kelishuvga erisha olmadilar.
549