
Juma kuni Transfermarkt portali mutaxassislari Ispaniya La Ligasi klublarida to'p tepuvchi futbolchilarning transfer narxlarini yangilashdi.
Eng ko'p narx yo'qotgan o'yinchilar ro'yxatini «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde boshqarib turibdi. Urugvaylik futbolchining bahosi birdaniga 30 million evroga pasaydi — 120 milliondan 90 million evrogacha.
Ikkinchi o'rinni Kilian Mbappe egalladi — u 20 million evroga arzonlashdi va endi dunyoning eng qimmat futbolchilari etakchiligini tark etdi. Hozirda Mbappe 180 million evroga baholanmoqda.
Uchinchi o'rinni bir yo'la sakkiz nafar futbolchi bo'lishib oldi — ularning har biri 10 million evrodan yo'qotgan. Bular qatorida Vinisius Junior (yangi narxi — 140 million evro), Jud Bellingem (130 million), Rafinya (70 million), Niko Uilyams (40 million) va Frenki de Yong (35 million) kabi yulduzlar bor.
598