
Yaqindagina Transfermarkt portali mutaxassislari ko'plab futbolchilarning transfer narxlarini yangilashdi. Juma kuni Ispaniya La Ligasi futbolchilarining taxminiy qiymati yangilanganidan so'ng, sayyoramizning eng qimmat 10 nafar futbolchisi reytingi boshqacha ko'rinish oldi.
Kilian Mbappe dunyoning eng qimmat futbolchisi maqomini yo'qotdi — u so'nggi oylarda ushbu maqomni Lamin Yamal va Erling Xoland bilan bo'lishib turgan edi. Keling, yangilangan Top-10 ro'yxati qanday ko'rinishda ekaniga nazar tashlaymiz:
1-2. Lamin Yamal – 200 million evro;
1-2. Erling Xoland – 200 million evro;
3. Kilian Mbappe – 180 million evro;
4-5. Pedri – 150 million evro;
4-5. Maykl Olise – 150 million evro;
6-9. Xvicha Kvaratsxeliya – 140 million evro;
6-9. Joau Nevesh – 140 million evro;
6-9. Vitinya – 140 million evro;
6-9. Vinisius Junior – 140 million evro;
10. Djud Bellingem – 130 million evro.
600