
«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal nima sababdan maydonga qo'liga bog'lam taqqan holda tushishiga oydinlik kiritdi.
«O'yinlar vaqtida qo'ldagi bog'lammi? Gap shundaki, kunlardan bir kun men PlayStation o'ynayotganimda televizorga urib yuborganman va barmoqlarim shishib ketgan. Keyin esa bu bog'lam xuddi Karim Benzemanikidek o'zimga juda yarashayotganini ko'rdim», — deya Yamalning so'zlarini keltiradi Madrid Extra.
Lamin Yamal «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda forvard «ko'k-anorranglilar» safida barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 24 ta gol va 18 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali Yamalning bozor qiymatini 200 million evroga baholamoqda.
O'qildi: 59088 - Fikirlar: 0
558