«Sky Sports» nashri so'nggi 10 yillikdagi eng kuchli sportchilar reytingini e'lon qildi. Beshinchi o'rin AQShlik bokschi Floyd Meyvezerga nasib etdi. Ushbu sportchi faoliyati davomida biror marta mag'lubiyatga uchramadi. To'rtinchi o'rinni "Barselona" sardori Lionel Messi egalladi. Argentinalik futbolchi so'nggi 10 yil davomida 5 marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi, 521ta gol urdi va 191ta golga uzatma berdi.Uchinchi pog'onani "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu zabt etdi. Portugaliyalik futbolchi bu davrda 4 marta "Oltin to'p" sohibiga aylangan bo'lsa, 2012-2018 yillarda Chempionlar ligasi to'purariga aylandi.Reytingning ikkinchi pog'onasiga "Formula-1" vakili Lyuis Xemilton joylashtirildi. AQShlik tennischi ayol Serena Uilyams esa 10 yillikning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
31-Dekabr 2019,12:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0