Rivaldo Gvardiolaning "Kamp Nou"ga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi

«Barselona» klubi va Braziliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Rivaldo «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning Kataloniya klubiga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi.
""Manchester Siti" moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilmagani uchun 2 mavsumga Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborildi. Agar "Siti" 2 yilni Chempionlar Ligasisiz o‘tkazsa, Pep Gvardiola kelasi mavsumda «Barselona»ga qaytish uchun katta imkoniyatga ega bo‘ladi. Ammo bu kataloniyaliklarning mavsum oxiriga qadar ko‘rsatadigan o‘yinlariga ham bog‘liq bo‘ladi."
"Agar «Barsa» bu mavsumda Kike Seten boshchiligida Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonsa va La Ligada chempion bo‘lsa, murabbiyni almashtirish uchun hech qanday sabab bo‘lmaydi. Ammo agar jamoa kutilgan natilarni ko‘rsatmasa va muxlislarning norozligiga uchrasa, unda Gvardiolani eng ko‘p yutuqlarga erishgan klubida ko‘rish imkoniyati bor."
"Vaziyatni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishga juda erta. Mavsum oxirigacha kutishimiz kerak", – deb Rivaldoning so‘zlarini keltiradi BetFair.
Eslatib o`tamiz, Gvardiola "Barselona"ni 2008-2012 yillar boshqargan. Uning qo`l ostida jamoa 3 bor La Liga, 2 bor Ispaniya kubogi,3 bor Ispaniya Super kubogi, 2 bor Chempionlar ligasi va shuningdek 1 martadan Evropa super kubogi va klublar aro jahon chempionati sovrinini yutib olgan.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32250/+15)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)