"Atletiko" murabbiyi "Liverpul"ga qarshi kechgan fantastik uchrashuvdan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Oblakning qahramonliklari hususida alohida to'xtalib o'tdi va uning harakatlari "Barselona" superyulduziga qiyosladi. O'zining bir nechta ajoyib seyflari bilan u "o'yin qahramonligi"ni qo'lga kiritdi. 34 ta gol bilan "Chempionlar Ligasi" nimchorak finali yetakchisi bo'lgan "Liverpul" afsuski, Liorente, Morata va albatta Oblakning jasorati evaziga "Atletiko" to'sig'idan o'ta olmadi.
"Bizning tarkibda dunyoning eng yaxshi darvozaboni bor, bu shubhasiz, Bu gapni anchadan beri aytib kelaman. Bu holat huddi "Barsa"ni Messisiz tasavvur qilib bo'lmasdek gap. Messi hujumlari bilan o'yinni hal qilsa, bizning Oblak seyvlari bilan o'yinni hal qiladi", - deb yakunlaydi murabbiy so'zini.
12-Mart 2020,10:45