Ko'p davlatlarda bo'lgani kabi Ispaniyada ham mavsum to'xtatildi. 2019/2020 yilgi mavsumni yakunlab qo'yish uchun esa hozirda 4ta variant ko'rib chiqilmoqda. Buni Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales ham tasdiqladi. Yakuniy qaror 25 mart kuni bo'lib o'tadigan komissiya yig'ilishida qabul qilinadi. Agar federatsiya va La liga bir qarorga kela olmasa, yakuniy qaror Rubiales tomonidan qabul qilinadi.Birinchi variant: Barcha o'yinlar o'tkaziladiLa Liga (28 va 29-tur) va Segunda (32 va 33-tur)ning navbatdagi 2ta tur o'yinlari boshqa muddatga qoldirildi. Lekin bu muddat yana uzaytirilishi mumkin. Asosiy muammo shundaki, qolgan 11ta tur o'yinlarini yakunlab qo'yish uchun tavqimda etarli vaqt mavjud emas. Ko'p narsa UEFA tomonidan qabul qilinadigan Evropa chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Evro-2020 musobaqalari borasidagi qarorga bog'liq. Ko'chirilgan o'yinlarni o'tkazish uchun taqvimda 2ta bo'sh kun mavjud — 18 aprel va 20 may. Agar Chempionlar ligasi to'xtatilsa yoki pley-off bosqichi formati o'zgarsa (bitta bosqich bitta o'yindan iborat bo'lsa), bo'sh kunlar soni oshadi. Boshqa tomondan, Evro-2020 kelasi yilga qoldirilsa, iyun oyi to'laligacha bo'shaydi va qoldirilgan o'yinlarni bu muddatda o'tkazish mumkin. Ikkinchi variant: Mavsum bekor qilinadiAgar koronavirus bilan bog'liq vaziyat yanada yomonlashib ketib, chempionatdagi tanaffus cho'zilib ketsa, Ispaniya futbol federatsiyasi va La liga mavsumni butunlay bekor qilishi mumkin. Bunday holatda chempion aniqlanmaydi. Shuningdek, EChLga yo'llanmani qo'lga kiritgan va Primeroni tark etgan jamoalar bo'lmaydi. Ushbu mavsumda La ligada o'ynayotgan 20 jamoa kelasi mavsumda ham turnirda ishtirok etadi. Uchinchi variant: Mavsumni 27-turdan keyin yakunlashHozirgi kunga kelib La ligada 27ta tur o'yinlari o'tkazildi. Ko'rib chiqilayotgan variantlardan biri — mavsumni hozirgi holatda yakunlash. Unga ko'ra, «Barselona» chempionlikni qo'lga kiritadi; «Real Madrid», «Sevilya» va «Real Sosedad» Chempionlar ligasi yo'llanmasiga ega bo'ladi; «Xetafe» va «Atletiko» Evropa ligasida ishtirok etadi; «Malorka», «Leganes» va «Espanol» Segundaga yo'l oladi. «Kadis» va «Saragosa» yuqori divizionga chiqadi.Barcha klublar bir-birlari bilan bir xil miqdorda o'yin o'tkazmagani bu variant sport printsiplariga unchalik mos kelmaydi. To'rtinchi variant: Birinchi davra yakuni bo'yicha mavsumni shakllantirishQolgan o'yinlarni o'tkazishning imkoni bo'lmasa, birinchi davra yakuni bo'yicha mavsum o'tkazilgan deb hisoblanadi. Bunda jamoalar bir-birlari bilan bir martadan to'qnash kelishgan. Ushbu variantda ham chempionlik "Barsa"ga nasib etadi. Birinchi davradan keyin "ko'k-anorranglilar" va "Real" 40 ochkodan jamg'arishgan, o'zaro o'yinda durang qayd etilgan, to'plar farqi bo'yicha esa kataloniyaliklar ustun.Bunday variantda «Atletiko» va «Sevilya» Evropa chempionlar ligasi, "Real Sosedad", "Valensiya" va "Xetafe" Evropa ligasi yo'llanmasiga ega bo'ladi. «Malorka», «Leganes» va «Espanol» Segundaga tushib ketadi.Bunda A seriya tanlamoqchi bo'lgan variantga ham murojaat qilish mumkin. Agar imkoniyat va vaqt bo'lsa, chempionlik va La ligani tark etadigan jamoalarni aniqlash uchun pley-off seriyasi o'tkaziladi.
14-Mart 2020,08:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0