Xayrulla Hamidov maqolasi:Uvol bo'layotgan yulduzni Neymarga o'xshatmagan bo'lardim
Yuklab olish
Bugun 15 mart.Dunyoning eng iste'dodli yarim himoyachilaridan biri, qobiliyati darajasida baholanmaydiganPol Pogbatavallud topgan kun. Frantsiyalik yulduz kechagiAnelkavoqeasining ham,Drogbavoqeasining ham davomiga o'xshaydi. Jamoasini izlayotgan yoki topgan jamoasidan ham ketib qolgan iste'dod...
Ser Aleks davrida Pogba MYudan “Yuventus”ga ravona bo'ldi. Turinliklar tarkibida hozirga qadar eng yaxshi o'yinlarini namoyish etdi. Keyin kattaroq klubga ketgisi kelib qoldi. Yo dunyoning eng qimmat o'yinchisi nomini taqdim etadigan klub bo'lsa, ketaveraman, dedi. Ketdi. Qizig'i, yana Manchesterga. Yana qizillar tomoniga. Tushunaman, agar Siti tomoniga o'tganida ham uning reysidan mazmun topardim. Chunki Gvardiola jamoasi moliyaviy tomondan ko'proq taklif qiladigan darajaga chiqib ulgurgandi. Va yanada qizig'i, hozirgi harakatlari bilan yana ketmoqchi va yana “Yuventus”ga.
Yoshligimizni eslaganimizda, vaqt tez o'tib ketganini yodga olamiz. Xatolarimizni takrorlaganimizga kulib qo'yamiz. Futbolchining maydondagi hayoti ham yoshligimiz singari g'o'r va tez o'tib ketadi. Pol ham kechagina kelajakning eng yulduzli vakili bo'lishi taxmin qilinadigan yoshda edi. 1993 yili tug'ilgan yigit 20 yoshidayoq yoshlar o'rtasidagi mundialni yondirib tashlagandayoq undan yaqinda qo'rqinchli kelajak kutishga asoslarimiz bor edi. Kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida ham oltin medalni qo'lga kiritdi, albatta. Lekin bu uninggina mehnati bilan emas, Frantsiyaning tarkibi yovvoyiligidan edi.
Mayli, qay elga borsa ham baxtini topsin, deb qolamiz. Zotan, uning futbolchilik faoliyati nafaqat qisqa, balki o'rnini ham boshqalar egallab olishlarini bugungi MYu misolida ko'ryapmiz. Qobiliyat e'tibori bilan frantsiyalikning yaqiniga yaqinlashmaydigan Bruno mehnatlari evaziga Pogba degan nomni esdan chiqartirib ham qo'ydi. Sulsher agar o'ynagisi kelmasa, shunday iste'dod o'rni bo'sh qolib ketmasligini ommaga ko'rsatib bo'ldi. “Yuventus”ga borib ham shu xarakterini ko'rsataversa, o'ylashimcha, hozirda 27 yoshni qarshilab qo'ygan yulduz sekin-asta so'nish bosqichini ham boshlaydi. Afsus.
Xarakterni bir chetga sursak, Pol dunyoning eng ideal yarim himoyachisi ekanligini ko'ramiz. “Yuve”da Pirlo, Vidal va Markizio kabi metrlar bilan o'ynagani uchunmi, ko'p xususiyatlarni o'zida jamlay olgan. Maydon markazining istalgan hududida o'ynay oladi. Ba'zan yakkakurashlarga chiqishini ko'rsak, tayanch zonasidagi o'yinlarini kuzatsak, Patrik Viera uchranglilarga qaytib kelib qoldimi, deymiz. Yaya Turening eng yaxshi davrlarini ham unda ko'rgandek bo'laman. Desham uni orqaroqda o'ynatganida, ishonchli harakatlari evaziga uchranglilarning engishlariga yordam bergandi. “Yunayted”ga kelganida, yangi Roy Kin kelyapti, deb ham o'ylaganman. Irlandning xususiyatlarini ham topsa bo'ladi undan. Qobiliyat e'tibori bilan esa, Pol kashf etilgan paytlari Zidanni yodga solardi. Ha, shaxsan maestroning o'zini.
Xarakterini kimdir Neymarga o'xshatadi. Yo'q, men o'xshatmagan bo'lardim. Braziliyalik yigit hatto o'ziga yoqmaydigan jamoada ham darajasidan juda tushib ketganicha yo'q. “Barsa”ga qaytishni istayotgani ham PSJdan ko'ngli to'lmagani, kataloniyaliklar tarkibida rohatlangani uchun. Pogba esa, “Yuve”ga nega qaytmoqchiligini-da bilmaydi. Xuddi yosh bola metro ichida u bekatdan bu bekatga tushib, narigi vagonga yugurib yurganiga o'xshaydi.
Futbol Pogbadan ustun. Futbol Poldan kattaroqlarini ham jazolagan. Hozir, eng navqiron payti o'zini yig'ib olmasa, bu erkatoy yulduz keyinchalik ikkinchi Balotelli bo'lib achchiq qismat ichida yig'lab qolishi hech gap emas. Istardimki, Pogba vatandoshi Anelka singari oxirida bo'lsa ham jamoasini topsa. Tasavvur qilganimizda, libosi yarashib turadigan jamoasini topsa...
Xayrulla Hamidov.
Manba:stadion.uz

BerGKamp[nou]
15-Mart 2020,11:43
15-Mart 2020,11:43
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+18)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)