"Barselona" klubi "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning transferi ustida ishlamoqda. "AS" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 22 yoshli futbolchiga "5+2" ko'rinishidagi 7 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Bundan tashqari, kataloniyaliklar argentinalik futbolchiga 7 million evro yillik maosh taklif qilishmoqda. Bu esa "Inter" yangi shartnoma orqali taklif qilayotgan maoshdan 3 million evroga ko'p.Milanliklar esa Martinesni sotishga shoshilishmayapti. "Neradzurri" imkon qadar o'yinchining shartnomasida ko'rsatilgan badal puli — 111 mln evroga sotmoqchi.Shuningdek, "Barselona" Lautaroni qo'lga kiritish uchun o'z o'yinchilaridan ba'zilarini "Inter"ga taklif qilishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Martines ushbu mavsumda "Inter" safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.
2-Aprel 2020,07:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0