«Barselona» klubi yozgi transfer paytida Neymar va Lautaro Martinesni sotib olish uchun pul to'plash chorasini ko'rmoqda. "Ko'k-anorranglilar" bu ikki futbolchini xarid qilish uchun 250 million evro miqdorida pul kerak. Shuning uchun kataloniyaliklar 9 nafar o'yinchini sotishmoqchi. Bular — Filippe Koutino, Usmon Dembele, Xunior Firpo, Jan-Kler Todibo, Samuel Umtiti, Ivan Rakitich, Martin Breytueyt, Arturo Vidal va Nelson Semedu.Koronavirus pandemiyasi orqali yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz tufayli yangi transferlar uchun aynan shunday yo'ldan yurishga majbur bo'lmoqda. Jamoa yuqorida nomlari ko'rsatilgan futbolchilarni yoki sotadi, yoxud Neymar va Lautaro Martinesning transferi doirasida almashinishi mumkin. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, yuqorida ismlari keltirilgan futbolchilarning umumiy narxi 245 mln evroga teng.
15-Aprel 2020,17:30