Stadion.uz yozda amalga oshishi mumkin bo'lgan klublar o'rtasidagi futbolchi almashinuvlari bilan tanishtirib o'tadi.
Futbol klublari korona-tanaffus sababli katta zarar ko'rayotganidan xabaringiz bor. Bunday moliyaviy yo'qotish yozgi transfer oynasida o'z so'zini aytishi turgan gap. Shunday ekan, klublar futbolchi sotib olish uchun pul sarflamaslikka harakat qilishlari aniq. Xo'sh,qanday qilib? Sezganingizdek, bugun yozda amalga oshishi mumkin bo'lgan ayrboshlovlar haqida so'z boradi.
1. N’golo Kante — Vinisius Junior va Luka Yovich
N’golo o'zining Londondagi ikkinchi mavsumini ham ko'tarinki kayfiyatda o'tkazmoqda. Uning himoyada benazir ekanligi hech kimga sir emas, biroq so'nggi turlarda futbolchi hujumda ham “aristokratlar”ga katta naf keltirishni boshlagani tahsinga sazovor. Zamonaviy futbolchi Kante singari futbolchisi bor klublar ko'p emas, biroq “Chelsi” uni qadrlamayotgandek his uyg'otmoqda.
Bugungi kunda “Chelsi”ning asosiy muammosi hujumchi etishmasligida bo'lib turibdi. Hozirda Lempardga oldingi chiziqdagi rang-baranglikni oshirishga qodir yangi qon, yangi iqtidorlar juda muhim.
Yovich Madridda Benzemaning raqobatdoshi bo'lishi kerak edi, biroq yakunda barchasi qanday ko'rinish olganidan xabaringiz bor. Zidan Lukaning xizmatlariga ehtiyoj sezmayotganini yashirib o'tirmayapti. Agar Lempardning o'tgan yili ham Yovich transferi bilan qiziqqanini inobatga olsak, serbning Madridni Londonga almashtirishi katta sensatsiyabo'lmasligi aniq. Shu o'rinda Vinisius uchun ham “Chelsi”ga o'tish ortga qadam bo'lmasligi turgan gap. Kelasi mavsumda safga qaytuvchi Eden Azar va Rodrigo bilan raqobatlashishi o'rniga yosh va hujumkor Lempard qo'l ostida to'p surish unga zarar qilmasligi mumkin. Ayni damda Yovich ham, Vinisius ham o'yin amaliyotga juda muhtoj. Zidan o'z futbolchilaridan ikkitasini yo'qotishi mumkin, biroq ularning o'rniga kelayotgan Kante maydon markazini yanada kuchaytirib berishi aniq. Ayniqsa, Zidan singari asosiy kuchni maydon markaziga tashlovchi murabbiylar uchun Kante chinakam topilma bo'lishi aniq.
2. Krishtianu Ronaldu — Pol Pogba
Aslida Ronalduni EChLda zafar quchish maqsadida sotib olishgan edi. Afsuski, bu transfer o'zining asosiy samarasini bergani yo'q. Hatto o'z maqsadiga yaqin ham kelamadi. Ronalduning imkoniyatlariga shubhamiz yo'q, biroq u bir o'zi EChLni yutishga qodir yoshda emasligini unutmaslik lozim.
Turinda asosan jamoaviy o'yinga suyanishadi. Allegri ham Krishni “Yuventus”ning bir bo'lagiga aylantirdi va bu aytarli katta samara bergani yo'q. Balki jamoani Ronalduning atrofida shakllantirish foyda bergan bo'lamidi. Allegriningo'rnini egallagan Sarri esa Ronalduga alohida pozitsiya yaratish haqida bosh qotirib ham o'tirmadi. Katta ehtimol bilan, “Yuventus” bu ayirboshlovdan foyda ko'rishi mumkin. Pogba yosh va g'alabalarga chanqoq. Bundan tashqari, u Turinga begona emas. Shu o'rinda Ronalduni qo'lga kiritish orqali “Manchester Yunayted”ham ulkan foyda ko'radi. Birinchidan OAV e'tibori bo'lsa, ikkinchidan,jamoaning imidji ham keskin ko'tariladi. Eng muhimi esa, Sulsherning hujumkor futboli yakunlovchiga ega bo'ladi. Bu esa, APLda ochko jamg'arishda juda muhim. Bundan tashqari, “qizil iblislar” ortiqcha maosh oluvchi foydasiz futbolchidan ham qutilgan bo'lar edi. Umuman olganda,ikki tomon uchun foydali almashinuv.
3. Xames Rodriges —Per-Emerik Obameyang
Mana bir necha yillardan beri Xamesning faoliyati cho'kayotganini tomosha qilyapmiz. Bu juda achinarli holat. U avvaliga “Real”da o'rinini topa olmadi, keyin “Bavariya” uning transferidan voz kechdi. Endi bo'lsa, yana Madridda qadrsizlandi. Kolumbiyalik futbolchining yorqin o'yinlari uzoq Braziliyada qolib ketgandek go'yo.
“Arsenal” Xamesgavaziyatni o'nglash uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin. U bu erda ortiqcha bosimdan qutilgancha ko'proq va erkinroq to'p surishi mumkin. Ayniqsa, Arteta yaratayotgan yangi jamoada unga ehtiyoj mavjud.
Tanganing ikkinchi tomonida ham yaxshi nazariya hukmron. “Real”ga Xames kerak emas, va ular Yovichning o'rnini to'ldiruvchi kuchli hujumchi izlashmoqda. Xo'sh, hozir ularning radarida gabonlik forvorddan kuchlirog'i bormi?
“Real” o'z muammosini hal qiladi. “Arsenal” esa, yosh va iqtidorli Martinelliga ko'proq o'yin amaliyotini taqdim qilish orqali Obameyangning ketishidan talafot ko'rmaydi.
4. Neymar — Antuan Grizmann va Usmon Dembele
Tan olish lozim, Neymarning PSJgao'tishi umuman o'zini oqlagani yo'q. Unga sarf etilgan 222 million evro haqidaku so'zlamasa ham bo'ladi. Bejizga Neymar ham birinchi imkon tug'ilishi bilan Parjni tark etmoqchi emas. U Kataloniyaga qaytish uchun barcha barchasiga tayyor.
Dembele va Grizman borasida “Barselona” uzoq bosh qotirmasligi aniq. Bu yigitlar allaqachon omadsiz transferlar o'nligidan joy olib bo'lishgan. Neymar esa, “Barselona”ni yana Evropa taxtiga qaytarishi mumkin. Grizmann “Barsa” o'yin falsafasini o'qiy olmagan bo'lsa, Dembele nima uchun xarid qilingani hali hamon jumbog'ligicha qomoqda.
Bu ayirboshlovdan 3 futbolchi ham katta naf ko'rishi turgan gap. Grizmannva Dembele Mbappe bilan trio hosil qilish orqali EChL g'olibligi uchun jiddiy kurashga kirishishi mumkin. Boz ustiga,Frantsiya ularning Vatani va futbolchilar o'zlariniu erda yaxshi his etishlariga shubhamiz yo'q. Yodingizda bo'lsa, Dembele aynan Tomas Tuxelning qo'l ostida yulduz futbolchiga aylangan edi. Tuxel janjalkash Neymarning o'rnini Dembele egallashidan faqat va faqat xursandbo'lishi aniq.
5. Lautaro Martines —Luis Suares + qo'shimcha 50 million evro
Lautaro yozda “Barselona”ning asosiy transfer maqsadi bo'lishi oldindan ma'lum bo'lib ulgurdi. Uni o'z jamoasida Messi ko'rishni istayotgani bejizga emas. Chaqqon, iqtidorli va g'alabalarga o'ch argentinalik hujumchi “Barselona” uchun kamida 10 yil sodiq xizmat qilishi mumkin. Suaresga keladigan bo'lsak, u 33 yoshdan oshib ketdi. Boz ustiga surunkali jarohatlar uni avvalgi darajasida bo'lishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Bugungi kunda “Inter” Lautaroni jamoada saqlab qolishga qodir grand klub emas. Shunday ekan, yaxshigina pul va Suaresdek ijrochi Lautaroning yo'qligini bildirmay ketishi hech gap emas.
Bunday ayirboshlash urugvaylik futbolchiga yoqadi. U faoliyatini MLS yoki Urugvayda davom ettirish o'rniga “Inter” bilan 3 yillik shartnoma imzolashi va A seriyada javlon urishi mumkin. Ayniqsa, Italiya ayni damda qariya futbolchilar makoniga aylanib borayotgan paytda.
Izohlarda o'z fikringiz va mulohazalaringizni qoldiring. Qaysi ayirboshlov eng omadlisi bo'lishi mumkin?
17-Aprel 2020,01:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0