Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq himoyachisi Xaver Maskerano Neymarni kataloniyaga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Ayni paytda Argentinaning «Estudiantes» klubida o'ynayotgan 35 yoshli futbolchining fikricha, Neymar – Messi – Suares triosi "Barselona" klubida dahshatli kuchga ega edi. Ushbu futbolchilarni birlashtirish muxlislar uchun ajoyib yangilik bo'lardi degan fikrdi.
«Kuni kecha Berlindagi finalni (EChL-2014/2015 finalida "Yuventus" klubi 3:1 hisobida mag'lub etilgan – muallif) tomosha qildim va hujumda vaziyatlarni yaratgan trioning kuchiga qoyil qoldim. Neymar, Suares va Messi… Ularning har bir maydonda o'ziga xos pozitsiyaga ega edi, pressing borasidagi vazifalari, to'pni yshqotganidan keyin qiladigan ishi va o'yinni nazorat qilish. Ular bizning o'yinga dahshatli kuchni qo'shardilar.
Umid qilamanki, Neymar «Barselona»ga qaytadi va bularning uchchalasi yana birga o'ynaydi. Bu klub va muxlislar uchun ajoyib ish bo'ladi», – dedi Maskerano.
17-Aprel 2020,02:00