"Barselona" klubi sobiq futbolchisi Luis Suares Miramontes "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi. "Men Lautaro Martinesning o'rnida bo'lganimda, boshqa klubga o'tishga shoshilmagan bo'lardim. U oson bo'lmagan qaror qabul qilishi kerak: "Inter"da qolishi kerakmi yoki yo'q. Agar unga shaxsan Messining o'zi qo'ng'iroq qilgan bo'lsa, unda qaror qabul qilish oson bo'ladi. Shunga qaramay, biz yosh yigit haqida gaplashyapmiz, uning kelajagi hali oldinda. Men Lautaroga maslahat bermoqchiman — "Inter"da qolishing kerak. Tabiiyki, Kataloniyada unga oson bo'lmaydi", — dedi sobiq futbolchi.Martines ushbu mavsumda 31ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi. Lautaroning "neradzurri" bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
21-May 2020,21:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0