«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 2016 yilda "Kamp Nou"ni tark etish haqida o'ylaganini tan oldi. O'shanda futbolchi va uning otasiga soliq to'lashdan bosh tortganlik ayblovi qo'yilgan edi. Ular shartli muddat olib, keyinchalik jazo jarima bilan almashtirilgan edi.«O'sha paytdagi mojaro tufayli klubdan ketishni istagandim. Bunda men «Barsa»ni emas, Ispaniyani tark etishni xohlagandim. Men bilan yomon munosabatda bo'lishayotganini his qilganim uchun qolishni istamagandim. Faoliyatim davomida menga boshqa jamoalardan hech qachon rasmiy taklif bo'lmagan. Chunki men «Barselona»da qolishimni barcha yaxshi biladi.O'sha davr men va oilam uchun og'ir bo'lgandi. Odamlar esa aslida nima bo'layotganini ko'p ham bilishmaydi. Aslida esa juda og'ir bo'lgandi. Farzandlarim esa yosh bo'lishgani uchun hech narsani tushunishmagan edi», — dedi Messi RAC1 radiostantsiyasiga bergan intervyusida.32 yoshli futbolchi Messi 2005 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib keladi. U jami 718ta o'yinda maydonga tushib, 627ta gol urgan.
24-May 2020,17:00