"Goal" nashri ekspertlari joriy yilda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishga da'vogarlik qilishi mumkin futbolchilarning yangi reytingini tuzib chiqishdi. Reytingning yuqori pog'onasini bu safar ham «Bavariya» forvardi Robert Levandovski hech kimga bermadi. Bir hafta avvalgi ro'yxatda 4-o'rinni egallagan Kevin De Breyne ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Natijada Sovrinning 6 karra sohibi Lionel Messi 3-o'ringa tushgan bo'lsa, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kuchli uchlikni tark etdi.Avvalgi reytingda top-20ga kirmagan "Real" hujumchisi Karim Benzema bu safar 8-o'ringa joylashtirildi. Frantsiyalik futbolchi "Valensiya" va "Real Sosedad"ga qarshi muhim o'yinlarda 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishga da'vogar 15 futbolchi:1. Robert Levandovski («Bavariya», avvalgi reyting — 1)2. Kevin De Breyne («Manchester Siti», 4).3. Lionel Messi («Barselona», 2).4. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», 3).5. Tomas Myuller («Bavariya», 5).6. Neymar («PSJ», 6).7. Erling Xoland («Borussiya» Dortmund, 7).8. Karim Benzema («Real», reytingga ilk marta kirdi).9. Kilian Mbappe («PSJ»).10. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund, 8).11. Kay Xaverts ("Bayer", 14).12. Serj Gnabri («Bavariya», 10). 13. Yosip Ilichich ("Atalanta", 12).14. Timo Verner ("Leyptsig", 11).15. Bruno Fernandesh ("Manchester Yunayted", 17).
22-Iyun 2020,23:00